Galeon
Galeon (ispancha galleon, fransuzcha galion)-ispan va portugallarning qadimgi uch machtali yelkanli harbiy kemasi. Kema hajmi 1550 tonna, 100 tagacha qurol-aslaha bilan jihozlangan, askarlar otryadi bilan mustahkamlangan (500 nafargacha). XVI-XVIII asrlarda keng tarqalgan. Harbiy va savdo kemalari sifatida foydalanilgan. Uning yaratilishiga Yangi dunyo va Yevropa o’rtasidagi muntazam yuk tashishning paydo bo’lishi turtki bergan. Suv sig’imi 1000 tonnagacha bo’lgan.