GALOGENTSIANLAR

GALOGENTSIANLAR, tsiangalogenidlar, umumiy formulasi XCN — tsianid kislotaning angidridlari (bu erda X — galogen atomi; xlor, brom, yod yoki ftor bo’lishi mumkin). Rangsiz, uchuvchan zaxarli birikmalar. G. suvda qisman, spirt, efir va b. organik eritmalarda oson eriydi. HCN yoki NaCN suvdagi eritmalariga galogenlarni ta’sir ettirib, ftortsian esa CF2=NHhh 420-450° da vakuum ostida piroliz qilib olinadi. Xlortsian gerbitsidlar va bo’yoq sanoatida, brom va yodsianlar organic sintezda, xususan nitrillar olishda qo’llaniladi.