Galua (Galois) Evarist

Galua (Galois) Evarist (1811.26.10, Burla-Ren — 1832.30.5, Parij) — frantsuz matematigi. Darajasi to’rtdan yuqori bo’lgan algebraik tenglamalar umumiy holda radikallarda hal bo’lmasligini isbotlagan. Fanga gruppa, kichik gruppa, normal bo’luvchi, maydon kabi fundamental tushunchalarni kiritgan. G. maydonlarga taakluqli masalalarni gruppalar nazariyasi masalalariga keltirgan. U yaratgan tenglamalar nazariyasi (Galua nazariyasi) algebra faninigina emas, balki umuman 19-a. matematikasining rivojlanishida ham muhim o’rin tutdi. G. siyo-sat b-n ham shug’ullangan. U “Xalq do’stlari” deb atalgan maxfiy respublika jamiyatining a’zosi bo’lgan. Qirollik tuzumiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqanligi uchun ikki marta qamalgan. G. duelda o’ldirilgan.