GAMAZIDLAR

GAMAZIDLAR (Gamasoidea) — parazitoform kanalarning katta oilasi, 20 oila, 3000 turdan iborat. Tanasining uz. 0,3—4 mm, sarg’ish jigarrang, oyoqlari tirnog’ining ostida xo’jayin tanasida o’rmalab yurishga moslashgan so’rg’ichlari bor. Og’iz organlari qon so’rishga moslashgan, qorin qismining ikki yonida nafas teshiklari bo’ladi. G. qushlar tanasi, burun bo’shlig’i, o’pkasi va havo xaltachalarida; ayrim turlari kemiruvchi hayvonlar inida va tanasida yashaydi. G. tuxum qo’yib, ayrimlari tirik tug’ib ko’payadi. Tuxumdan chiqqan mayda nimfalar 2 marta tullab voyaga etadi. Bir yilda 8-10 marta nael qoldiradi. G. otlarga entsefalomielit, parrandalarga spiroxetoz kasalligini qo’zg’atuvchi parazitlarni tarqatadi.