Gametofit

Gametofit (gametalar va fito…) — naeli almashinib rivojlanadigan o’simliklarning jinsiy naeli (bo’g’ini). G. sporadan hosil bo’ladi. Nael almashinish tipiga binoan g. har xil bo’ladi. Naeli izomorf almashinib turadigan suv o’tlarida g. mustaqil hayot kechiradigan va tashqi ko’rinishi b-n diploid sporofitdan deyarli farq qilmaydigan bo’g’in hisoblanadi. Geteromorf tsiklli organizmlar (laminariya suv o’tlari)da G. kuchsiz shoxlanadigan va yirik sporofitdan keskin farq qiladi. Naeli geteromorf almashinib turadigan yuksak o’simliklardan faqat moxlarning g.i barg va poyali yashil o’simlik hisoblanadi. Paporotniklar, urug’li o’simliklarda G. kuchsiz rivojlangan va uzoq yashaydi. Yuksak o’simlyklar evolyusiyasi davomida g. asta-sekin reduktsiyaga uchragan.