Gamma-terapiya, kyuriterapiya

Gamma-terapiya, kyuriterapiya — gamma nurlar ta’sirida davolash; nur b-n davolashning bir turi. G.-t.ning bir necha xili farq qilinadi: distan- tsiey g.-t. maxsustelegamma-terapevtiv moslamalarda amalga oshiriladi, bunda gamma-nurlar manbai sifatida radio- aktiv kobaltdan (ko’proq qizilo’ngach, o’pka va b. a’zolarning chuqurroq joy- lashgan o’smalarida) foydalaniladi; applikasio n usulda radioaktiv gamma- preparat bevosita o’smaga (teri va teri osti yog’qavatidagi) qo’yiladi; to’qimalar orasiga g.-t. o’tkazilganda nurlanti- rish manbai (igna, granulalar) o’smali to’qima (pastki lab, yonoq, yutqin va b. a’- zolar shilliq qavati raki)ga yuboriladi; bo’shliqlararo g.-t.— G.t.ning bu xilida radioaktiv modda tabiiy bo’shliklar (qizilo’ngach, bachadon, to’g’ri ichakning xavfli o’smalari)ga yuboriladi; radio- xirurgik usulda jarroxlik usuli nur berish b-n birga qo’llaniladi. G.-t. ka- salxona sharoitida maxsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi.