Gan Arnold Pavlovich

Gan Arnold Pavlovich (1928.1.1, hoz. Sebej sh., Rossiya) — monumentalist rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). P. Gannknt o’g’li. 1955 y.dan Toshkentda. Respublika ras- somlik bilim yurtida dars bergan (1955-62). O’zbekistan mahobatli rang- tasviri rivojiga munosib hissa qo’shdi. Asarlari: Jizzax teatri (Ch. Ahmarov b-n hamkorlikda, 1981), Toshkent metropoli- tenining Kosmonavtlar bekati (1984), “Turkiston” kontsert zali (1994), Ukra- ina elchixonasidagi “Karpatlar” (1997) devoriy rasmlari, Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi vitraj (1996, A. Ax – Metshin b-n hamkorlikda) va b. Asarlari chet mamlakatlar xususiy galereyalari, respublika muzeylarida saklanadi.