Ganch (gips)
Ganch (gips) – qurilish materiali, gipsning mahalliy turi. Ganch tozaligi va maydalanishi sifatiga qarab uch xilga bo’linadi: ganchxok (xaktuproq)-oddiy ganch bilan soz tuproq aralashmasidan iborat; asosan devorlar g’ishtini terishda, qora suvoqqa ishlatiladi; tezganch-tez qotadigan pishiq ganch; odatda qora suvoqqa ishlatiladi; gulganch-eng mayda va nozik ganch, asosan pardoz bezagida ishlatiladi. Masalan: rangsiz ganch, suvga chidamli ganch, dag’al tolali ganch va hokazolar.