Gandi Indira

Gandi Indira (to’liq ismi in- dira Priyadarshni Neru) (1917.19.11, Ollohobod — 1984.31.10, Dexli) — Hindistonning siyosat va davlat arbobi. J. Nerunint qizi. Shveytsariya, Angliya va Hindiston oliy o’quv yurtlarida ta’- lim olgan. 1938 y.dan Hindiston mil- liy Kongressi (HMK) partiyasi a’zosi. Ingliz mustamlakachilik istibdodiga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1947 y.da Hindiston mustaqillikka erishgach, xotin-qizlar harakatida ishtirok etgan. G. 1959-60 y.larda HMK raisi, L. B. Ulacmpu hukumatida axborot va radio- eshittirish vaziri (1964-66), bosh va- zir (1966-77). 1977 y. ning mart oyida bo’lib o’tgan parlament saylovlarida HMK mag’lubiyatga uchradi va hokimiyatni qo’ldan boy berdi. 1977 y.dek.da yuz ber- gan ichki ziddiyatlar natijasida HMK ikkiga bo’linib ketdi va g. 1978 y.ning yanv.da o’z tarafdorlarining HMK (I) yangi partiyasini tuzdi va uning raisi etib saylandi. 1980 y. muddatidan il- Gari bo’lib o’tgan saylovlarda HMK(I) g’alaba qildi va g. yana bosh vazir lavo- zimini egalladi. G. terrorchilar tomo- nidan otib o’ldirilgan.