Gandizm

Gandizm — ijtimoiysiyosiy, diniy-falsafiy ta’limot. M. K. Gan- Di tomonidan ishlab chiqilgan va hind milliy ozodlik harakatining mafku- rasiga aylangan. G. ga^sh/duiamnaza- riy asos qilib olingan. Kelib chiqishi qad. hind an’analariga borib taqaladi. Ijtimoiysiyosiy masalalarni hal qilishda diniy axloq nuktai nazaridan yondashish bu ta’limotga xos xususiyat. Er yuzida “sarvadoyya”, ya’ni “umumiy farovonlik jamiyati” qurish g’oyasini ilgari surgan. Bu maqsadga erishish- ning usuli — “satyagraxa”, ya’ni “kuch ishlatmasdan kurashish”dir. Tarixan shakllangan tartibotlar hamda urf- odatlarni saqlab qolish zarur, ularni kuch ishlatmasdan asta-sekin yangi maz- Mun b-n to’ldirib, qayta qurish kerak. G. jamiyatdagi tengsizlikni rad etadi, kastachilikka qarshi chiqadi. Hindiston mustaqillikka erishganidan (1947) va M. Gandining fojiali o’limidan (1948) keyin g. milliy ozodlik kurashi maf- kurasi sifatidagi mavqeini yo’qotdi. Ad.: Hindistonda ijtimoiy fikrlar, T., 1973; Djavaxarlal Neru, Vzglyad na vse- mirnuyu istoriyu, t. 3, M., 1975.