G’ANIYEV ABDUALI

G’ANIYEV ABDUALI (1931.21.12 – Toshkent — 1999.8.10) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), kimyo fanlari doktori (1974), professor (1977). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1958 yildan). Ilmiy ishlari neytron aktivatsiyasi va ekstraktsiyasi usullarini qo’llab Nodir metallarning mikrokontsentrasiyasini aniqlashga oid. G’aniyev rahbarligida aktivatsion analizning radiokimyoviy uslublari, platinoidlar, oltin va Kumushni jelatina hosil. qiluvchi, jumladan tio va ditiofosfat kislotalar hamda mahalliy xom ashyodan tayyorlangan reagentlar yordamida ekstrasion kontsentrlash va ajratish usullari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1982). As: Metodm aktivasionnogo analiza blagorodnnx i redkix metallov, T., 1977; Zakonomernost transvliyaniya v kompleksnix soedineniyax kobalta, T., 1998.