GANTSZYAN
GANTSZYAN — Xitoyning sharqidagi Daryo, Yantszi havzasiga mansub. Uzunligi 760 kilometr, havzasining maydoni 82 ming kilometr kvadrat. Eng yirik irmoqlari: yuan – shuy, Szin-Szyan, Lyaoshuy. Nanlin tog’laridan boshlanadi. Tog’oralig’idagi vodiydan oqib, Poyanxu kuliga quyiladi. O’rtacha yillik suv sarfi 2300 metr kub/sekund, yoz oylarida to’lib oqadi. Quyilish joyidan Ganchjou sh.gacha kema qatnaydi. Yog’och oqiziladi.