Gaptenlar

Gaptenlar (Yun. hapto — o’zaro ta’sirlashish) — antigenlik xususiyati- ga to’la ega bo’lmagan kimyoviy moddalar. Ular tegishli antpitelolar yoki limfo- tsitlar b-n o’ziga xos o’zaro ta’sirlashish xususiyatiga ega. To’la qiymatli antigen- lardan o’zi mustaqil holatda immun ja- vob qaytara olmasligi b-n farq qiladi. G.ni aksariyat oqsillar b-n bog’lab, ularga immunogenlik berish mumkin. Hayvonlar organizmiga bunday kompleks yuborilganda antitelolar hosil bo’ladi. Har xil tabiatli moddalar — aminokis- lotalar, peptidlar, Saxara, polisaxa- ridlar, nukleotidlar, nuklein kislota- lar, lipidlar, steroidlar, vitaminlar, antibiotiklar va b. G.ga misol bo’la ola- Di. Allergenlar deb ataladigan ba’zi g. organizmga kirib, to’qimalar oqsillari b-n birikkach, allergiya paydo qilishi mumkin.