G’ARBIY KOREYA QO’LTIG’I

G’ARBIY KOREYA QO’LTIG’I – sariq dengizdagi qo’ltiq, Koreya va Xitoy qirg’oqlari yaqinida. Chuqurligi 50 metrgacha, qirg’oqqa yaqin qismlari sayoz. Qoyatoshli orollar bor. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 10 metrgacha). Asosiy portlari; Nampxo, Siniyju (KXDR), Dandun, Dalyan va Lyuyshun (Xitoy).