Gardman

Gardman (Gardaboni) — Kavkaz Albaniyasi hududidagi knyazlik; mil. 4-a. dan ma’lum. Savdo yo’llari tutashgan erda geografik jihatdan qulay joyla- shuvi g.ning iqtisodiy va siyosiy rivoj- lanishiga imkon bergan. G. sosoniylarta tobe bo’lgan. 6-a. oxiri — 7-a. boshla- rida, mehroniylar sulolasi davrida g. yuksalgan. Mehroniylar mustahkam g. qal’asini qurdirganlar va Bardaa sh.ni qo’shib olish hisobiga o’z mulklarini kengaytirganlar. Poytaxt G. qal’asidan Bardaaga ko’chirilgan. G.ning eng kuchli hukmdorlaridan biri Javonshir bo’lgan. Uning avlodlari aranshoh unvoni b-n atalgan. G. hokimlari sosoniylar, so’ngra arablarga qarshi mustaqillik urushlari olib borganlar. 8-a. boshida butun Ozar- bayjon kabi g. ham Arab xalifaligi to- monidan zabt etilib (705) mehroniylar hokimiyati tugatilgan.