G’ARIB FIRUZ YUSUPOVICH

G’ARIB FIRUZ YUSUPOVICH (1946.19.8. Samarqand) — immunolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1998), tibbiyot fanlari Doktori (1978), professor (1983), SamTI davolash fakultetini tugatgach (1970), shu institutda o’rganuvchi-tadqiqotchi, assistent, immunologiya bo’limi mudiri (1970-76), Samarqand Markaziy ilmiy laboratoriya mudiri (1976-80), ToshTIning mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi mudiri (1980-95). “Sog’lom avlod uchun” nodavlat xalqaro xayriya jamg’armasi direktori o’rinbosari (1995-97), Toshkent vaktsina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti direktori (1997-2003), ayni vaqtda “Immunomed” firmasi direktori. Ilmiy faoliyati immunologiya. virusologiya va mikrobiologiyaga oid. Uning rahbarligida mamlakatimizda ilk bor organizmning immun hola-tini tiklovchi “immunomodulin” preparati ishlab chiqildi. O’zbekiston immunologlari ilmiy jamiyati prezidenti (1983-90). As: Splenosorbtsiya u detey, T., 1995; Immunozavisimne bolezni, T., 1995.