Garmoniyalash

Garmoniyalash – bir ovozli kuyni hamohang akkord (ko’ptovushlik) lar b-n boyitish, ko’p ovozli musiqaviy ijod turi, garmoniya o’quv fanida keng qo’llanilayotgan mashklardan. O’zga mu- alliflar (ayniqsa, xalq) kuylarini g. kompozitordan yuksak did va mahorat talab etadi. Milliy kompozitorlik maktablarining yuzaga kelishida ham G. muhim bosqich vazifasini o’taydi. Germaniyada —I.S.Bax, L. Betxoven; Rossiyada — M. Balakirev, N. Rim- skiykorsakov, A. Lyadov; Vengriyada — B. Bartok; Polshada — K. Shimanovskiy; Ukrainada — N. Lisenko; Armaniston- da — Komitas; Qozog’istonda — E. BRU- silovskiy; O’zbekistonda — V. Uspen- skiy, g. Mushel, M. Burhonovlar bu sohada o’ziga xos an’ana yaratganlar. Ad.: Kon Yu., Nekotorie Voprosi ladovo- go stroeniya o’zbekskoy narodnoy pesni i eyo garmonizasii, T., 1979.