GAROV

GAROV – 1. Olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga ishontirish uchun qoldirilgan omonat. 2. Savdo va tijorat ishlarini amalga oshirish hamda banklardan naqd pul bilan kredit olish vaqtida ko’char yoki ko’chmas mulkni vaqtincha qarz beruvchi ixtiyorigaberish. Bu garoy shahodatnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Garov shahodatnomasi mol-mulk qarzdor tomonidan garovga qo’yilganligi haqidagi hujjatdir.