Garovxona, lombard
Garovxona, lombard — garovga qo’yilgan muayyan buyumlar evaziga ma’- lum muddatga pul (mablag’) berib turadi- gan muassasa. Buyumning qiymati tomon- larning kelishuviga ko’ra baholanadi, garovga qo’yilgan buyum egasiga nomi yozilgan g. tilxati beriladi. Olingan pul o’z vaqtida qaytarilmasa, qo’yilgan buyum g. mulkiga aylanadi va g. qo’yilgan buyumlarni sotishga haqdi. Shuningdek, G. qimmatbaho uy-ro’zg’or buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul qiladi. G.ga buyumlar faqat mablag’olish uchun emas, ba’zan mazkur buyumning ishon- chli saqlanishini ta’minlash uchun ham qo’yiladi. Buyumlarni garovga qo’yib kre- dit berish birinchi marta 15-a.da Fran- tsiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxo’rlar tomonidan joriy etilgan (“lombard” so’zi ham shundan kelib chiqqan). O’zbekmstonda ham g.lar faoli- yat ko’rsatadi. Mas, Toshkent sh. garovxo- nalar birlashmasi (birlashma tarki-bi- da 3 g. mavjud, 1966 y.da tashkil etilgan) ishlaydi.