Garsia Lorka (Garcia Lorca) Federiko
Garsia Lorka (Garcia Lorca) Federiko (1898.5.6, Fuentevakeros — 1936.19.8, Granada yaqinida) — ispan shoiri va dramaturgi. Uning ijodi is- Pan xalq og’zaki ijodi an’analarini yangicha talqin etish asosida shakllandi. “Qo’shiqlar” (1927), “lo’lilar roman- serosi” (1928) kabi asarlarida og’ir va fojiali voqea-hodisalarni boshi- dan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga Hamdo’stlik va xayrixohlik tuyg’ulari kuchli va yorqin aks etgan. “Shoir Nyu-Yorkda” she’rlar to’plami (1935, nashri 1940), “ajoyib kavushdo’z ayol” pesasi (1930), “qonli to’y”.(1933), “Ierma” (1934) tragedi- yalari va “Bernard Alba uyi” (1936) qaxramonlik dramasida oddiy kishi- larning zolimlar zulmiga qarshi na- Frati ifodalangan. Granada isyonida fashistlar tomonidan otib o’ddirilgan. Asarlari o’zbek tiliga ham tarjima qilingan (“ispan jandarmlari haqida romans”, “gitara”, “teatr haqida so’z”, “Chorraha”, “chavandoz qo’shig’i” va b.) As.:Et qayg’uli shodlik. She’rlar va do- stonlar [ispanchadan Shavkat Rahmon tarjimasi], T., 1989.