Garvey Vilyam, Xarvi Uilyam

Garvey Vilyam, Xarvi Uilyam (Harvey William) (1578.1.4, Folkston, Kent grafligi — 1657.3.6, London) — ingliz vrachi va tabiatshunosi. Ilmiy fiziologiya va embriologiya asoschila- ridan biri. Qon aylanishi haqidagi ta’limotni yaratgan. Xususan odam va hayvonlar gavdasida doim ma’lum miqdordagi qon berk doirada aylanib yurishini isbotlab bergan. Bu jarayonda yurak asosiy rol o’ynashini ko’rsatib, yurakdan qon arteriyalar orqali chiqib, venalar orqali qaytishini aniqlagan, yurak har gal qisqarganda chiqadigan qon miqdorini belgilagan. Umrining oxir- gi yillarida hayvonlarning individu- al rivojlanishini o’rgangan. Epigenez nazariyasini birinchi bo’lib ta’riflab bergan.