GASHPAROVICH IVAN

GASHPAROVICH IVAN (1941.27.3, Poltar) — Slovakiya davlat arbobi. Bratislava universitetini tugatgan. 1968 yildan Bratislava universitetida ishlagan. 1989 yildan Chexoslovakiya mustaqil yuristlar Ittifoqi raisi, 1990 yil Bratislava universiteti prorektori, 1990 yildan Chexoslovakiya Federativ Respublikasi bosh prokurori. 1992 yildan va 1998— 2002 yillarda Slovakiya Respublikasi Milliy kengashi (parlament) deputati, 1994-98 yillarda raisi. 1992— 2002 yillarda demokratik Slovakiya uchun harakat partiyasi a’zosi, 2002 yildan demokratiya uchun harakat parti-yasi’a’sischisi va raisi. 2002-2004 yillarda Bratislava universitetida ishlagan. 2004 yil 15 iyundan Slovakiya Respublikasi prezidenti.