G’ASSONIYLAR DAVLATI

G’ASSONIYLAR DAVLATI – yaqin Sharqdagi ilk o’rta asr davlati (5-asr oxiri — 7-asr boshi). Janubiy Suriya va Iordaniya hududlarini qamrab olgan. Arablarning G’asson qabilasidan chiq-qan G’assoniylar sulolasi tomonidan asos solingan. G’assoniylar davlati 6-asrda kuchaygan. Vizantiya Suriya va Falastinni Eronga tobe bo’lgan arablar chopqunidan mudofaa etish uchun G’assoniy al-Horis ibn Jabal (529— 564) ni Suriya va Falastin arablarining oliy hukmdori deb tan olgan va unga Patrikiy unvonini bergan. Al-Horis Vizantiyaning Eron bilan bo’lgan urushlarida ishtirok etgan. G’assoniylar davlati al-Horisning o’g’li — al-Munzir davrida (569-581) yanada kuchaygan. Bundan Vizantiya xavotirga tushib, 581 yil al-Munzirni xiyonatda ayblab, uni qo’lga olgan va Sitsiliyaga surgun qilgan. 7-asr boshigacha G’assoniylar ayrim vohachar va qabilalar ustidan hukmronlik qilganlar, so’ng g’assoniylardan biri — Jabal ibn al-Ayxam G’assoniylar davlatini tiklashga muvaffaq bo’lgan. G’assoniylar davlatida yuksak dehqonchilik madaniyatiga ega bo’lgan vohalar aholisi muhim mavqega ega edi. G’assoniylar davlatida monofisiylik diniy e’tiqodi tarqalgan. G’assoniylar davlati 633-640 yillarga qadar mavjud bo’lgan.