GASTEROMISETLAR

GASTEROMISETLAR (Yun. Gasteros -me’da, qorin va mykes — zamburug’) — bazidiyali zamburug’larning xolobazi- diyalar kenja sinfiga mansub tartiblar guruhi. G.ning ko’pchiligi serchirindi tuproqlarda saprofit holda o’sadi. Meva tanalari yopiq, yumaloq, tuxumsimon yoki anjirsimon bo’lib, tuproq ostida yoki tuproq ustida o’troq holda, airimlari esa maxsus oyoqchalar ustida joylashgan. Meva tanalari ichida behisob bazidio- sporalar etishadi; qobig’i ma’lum joy- laridan yoki umumiy holda yorilgach, spo- ralar atrofga tarqaladi. G.ga er yulduzi (Geaster), er xina (Bovista) misol bo’la oladi.