Gastroenterit
Gastroenterit (gastro… va Yun. entera — ichak) — me’da va ingichka ichak shilliq qavatining yallig’lanishi. Organizmni zaharlab, umumiy infek- tsion kasallikni vujudga keltiradigan mikroblarning ovqat b-n me’da-ichak- ka kirib ko’payishi ko’pincha g.ga sabab bo’ladi. Ho’l meva va sabzavotlarni yuv- masdan eyish, xesh sut ichish, aynigan go’sht va baliq mahsulotlarini iste’mol qilish, shuningdek ko’p spirtli ichim- lik ichib, juda ko’p ovqat eyish natija- sida kelib chiqadi. Odamlarda G. o’tkir va surunkali kechadi. O’tkir G.da bemor to’satdan sassiq kekirik bo’lib, ko’ngli ayniydi, qayt qiladi, ichi ketadi, qorni sanchib, qattiq og’riydi, ichi quldiraydi. Ko’pincha organizmning zaharlanish bel- gilari ham qo’shiladi: bosh og’rib harorat ko’tariladi, labga uchuq toshadi, kasallik og’ir kechsa, yurak-tomir faoliyati bu- ziladi (bemorning rangi o’chib, tomiri sezilarsiz va tez-tez uradi, hushdan ke- tadi). Kasallik engil o’tsa, bemor tezda tuzalib ketadi. Og’ir kechganda uzoq da- vom etib, jigar, buyrak, qovukda asorat qoldirishi mumkin. Surunkali G. ko’proq kasallikning o’tkir davri davolanmas- dan o’tkazib yuborilganda, shuningdek mustaqil kasallik sifatida ham yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning oldi- ni olish uchun ovqatlanish tartibiga va shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak (yana q. Ovqatdan zaharlanish). Maxsus parhez buyuri- ladi, doridarmonlar tavsiya etiladi. G. b-n og’rigan hayvonlarda me’da-ichak devorining chuqur qatlamlari zarar- lanadi; hayvonning umumiy ahvoli og’irlashadi. Buzilgan, mog’orlagan, chi- rigan em-xashakdan, iflos suvdan, ki- myoviy moddalar hamda o’simliklardan zaharlanish natijasida kelib chiqadi. Kasal hayvon bo’shashadi, gavda t-rasi ko’tariladi, muskullari titraydi va tirishadi, hech narsa emaydi, ko’pincha shilimshiq va qon aralash ichi ketadi, qorni ichiga tortiladi, qorin devoir bezillab turadi. G. 2-3 kundan 15 kun- gacha davom etadi. Hayvon intoksikasiya- dan va yurak faoliyatining susayishidan o’lishi mumkin. Kasal hayvon tezda po- dadan ajratiladi, och qo’yiladi, me’dasi 0,85% li natriy xlorid eritmasi b-n yuviladi, surgi berib ichi tozalanadi. Keyin zig’ir urug’i, zig’ir kunjarasi, gu- ruch va suli yormasidan qaynatma tayyorla- nib, kuniga 2-3 mahal 0,5—1 l dan ichi- riladi. Kasal hayvon ichagidagi bijg’ish va chirish jarayonini kamaytirish uchun ixtiol, salol va burishtiruvchi dorilar beriladi, sulfanilamid preparatlar hamda antibiotiklardan foydalanila- Di. Hayvonlarda intoksikasiyaning ol- dini olish va yurak faoliyatini yaxshi- lash uchun kamfora moyi, kofein berila- Di, venaga glyukoza eritmasi yuboriladi.