Gastrol

Gastrol (nem. gast — mehmon, rolle — rol) — artist (yoki artistlar ja- moasi)ning doimiy ish joyidan tashqari (boshqa tuman, shahar, mamlakat) da tomo- sha ko’rsatishi, kontsert berishi. G’arbiy Evropa mamlakatlarida 18-a., ayniqsa 19-a.ning 2-yarmida teatr san’ati yirik namoyandalarining yakka g.lari avj oldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida dekora- tsiya qurilmalari b-n ko’chib yurib, spek- takllar ko’rsatuvchi teatrlar ko’paydi. Bu davrda Toshkent, Samarqand, Qo’qon, An- Dijon sh.larida rus, tatar, Ozarbayjon artistlari va b. jamoalar (V. Komissar- jevskaya, 1910; g. Qoriev rahbarligidagi tatar “sayyor” truppasi, 1912-13; Sidqiy Ruhillo rahbarligidagi ozar- bayjon musiqali teatri, 1910 va b.) o’zbek tomoshabinlarini ilg’or Ev- ropa madaniyati b-n tanishtirgan. 20-y.lardan keyin Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Abduqodir naychi, T. Jalilov, Tamara- xonim, M. Qoriyoqubov kabi san’atkor- lar Rossiya va G’arbiy Evropa shaharlari (Moskva, Sankt-Peterburg, Berlin, Pa- Rij, London)da g.da bo’lib, milliy o’zbek san’atini targ’ib qiddilar. Keyingi yillarda Navoiy teatri, Hamza teatri, Gorkiy teatri, Abror Hidoyatov nomi- dagi teatr, “Bahor”, “Yalla” kabi ansam- bllar muntazam g.larga chiqib turibdi- lar. Glar xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga va turli xalqlar ma- daniyatining o’zaro boyishiga xizmat qiladi.