Gastroptoz

Gastroptoz (gastro… va Yun. ptosis — pastga tushish) — me’daning o’z o’rnidan pastga tushishi. Ko’p tuqqan ayollarda, ozib ketgan va uzoq o’tirib ishlaydigan kishilarda uchraydi. Korin devori tonusining pasayishi, diafrag- maming ba’zi kasalliklari, o’pka emfi- zemasi, ekssudativ plevrit sabab bo’ladi. G.da qorin bo’shlig’ida og’irlik seziladi, qorin dam bo’lib, bemor hadeb kekirave- radi, qulog’i shang’illab, boshi aylana- Di. Qorin muskullari bo’shashib, pastki qismi osilib ketadi, me’dada suv borli- gi seziladi. Bemorga tez hazm bo’ladigan to’yimli ovqat buyuriladi, vaqtincha en- gil ishga o’tish tavsiya etiladi, qorin muskullarini mustahkamlash uchun Max- sus badan tarbiya va massaj qilinadi. Homiladorlik vaktida va tuqqandan keyin shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, sanatoriy va kurortlarda davola- nish tavsiya etiladi.