Gauptman (Hauptmann) Gerxart

Gauptman (Hauptmann) Gerxart (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946.6.6, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchi- lardan. Ilk ijodida ijtimoiy tanqid, biol. qonuniyatlarini mutlaqlashtirish (“Kun chiqish oldidan”, 1889; “Roza Bernd”, 1903; “kun botish oldidan”, 1932, dramalar) sezilarli daraja- da bo’lsa, keyinroq ramziy (“cho’kkan qo’ng’iroq”, 1896, drama-ertak), tasav- vufga moyil bo’lgan. “To’qimachilar” (1892) dramasi Sileziya to’qimachilari qo’zg’oloni haqida. “Qishki ballada” (1917), “Xaloskor Beliy” (1920), “In- dipodi” (1920) dramalari, “Buyuk ona Orol” (1924), “Yoshlik davrim sarguzasht- lari” (1937) va b. romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1912).