Gaur

Gaur (Bos gaurus) — juft tuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasi- ga mansub yovvoyi qoramol. Hindiston, Nepal, Hindixitoy ya. o.da tarqalgan. G. 10-12, ba’zan 30-40 tadan poda bo’lib, 600-1700 m balandlikdagi tog’ o’rmonlarida yashaydi, o’simliklar b-n oziqpanadi. Erkagi tanasining uz. 3 m ga yaqin, bo’yi 2,2 m cha. Urg’ochisi kichik bo’lib, bo’yi 1,5 m dan ortiq bo’lmaydi. Bo’g’ozlik davri 8-9 oy, tug’ish dav- ri may—iyundan okt.gacha. Bitta bola tug’adi. G. go’shti va terisi uchun ovlangan. Jahon “qizil kitobi”ga kiritilgan. Hindistonda qo’lga o’rgatilgan. Xonaki xili gayal deb ataladi.