Gaydn (Haydn) Frans Yozef

Gaydn (Haydn) Frans Yozef (1732.31.3, Rorau qishlog’i, Jan. Avstriya — 1809.31.5, Vena) — Avstriya kompozitori, kapelmeyster, Vena klassik maktabinsht yirik vakili. 24 ta opera, 100 dan ortiq simfoniya, turli cholg’ular uchun 35 kontsert, diniy kantata va messalar, fortepiano sonatalari, turli tarkibdagi kamer ansambllar (shu jumladan, 83 torli kvartet) va b. asarlariing muallifi. “Dunyoning yaratilishi” (1798) va “yil fasllari” (1801) oratoriyalari hamda 1796-1802 y.larda yaratilgan messalar g. ijodining cho’qqisidir. Ayrim asarlari (“kutilmagan uchrashuv” operasi, 1775)da Shark, mavzularini ekzotik tarzda ifoda etgan. G. o’z ijodida Avstriya, Venger, xorvat, italyan va b. xalqlar qo’shiqlari va raqs kuylaridan keng foydalangan. Asarlariga yorqin va jozibali obrazlarning xilma-xilligi, musiqa tilining soddaligi b-n birga g’oyaviy butunlik, musiqa rivoji usullarining mukammalligi xos. G. o’z ijodi b-n simfoniya, kvartet kabi musiqa janrlari, simfonizm musiqa uslubining shakllanishiga katta hissa qo’shgan. 20-a.da Kyolnda g. instituta tashkil etilgan.