Gaz dinamikasi
Gaz dinamikasi – gidroaeromexanikaning siqiluvchan tutash muhitlar (gaz va suyuqliklar) harakatini va ularning qattiq jismlar b-n o’zaro ta’sirlashuvini o’rganish b-n shugullanadigan bo’limi. Termodinamika, akustika, dinamik meteorologiya b-n uzviy bog’liq. Asosiy vazifalari: gaz (havo)da harakatlanayotgan jismlar (sa-molyotlar, raketalar, snaryadlar va b.)ga ta’sir qiladigan kuchlarni aniqlash xamda shu jismlarning eng qulay shakl-larini yaratish; reaktiv dvigatellar, aerodinamik quvurlar va b.ning eng muhim qismlari — soplo va diffuzorlar hamda boshqa kanallarning qulay shakllarini topish; portlash, detonasiya va b. hollarda paydo bo’ladigan to’lqinlarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlash va h.k. Hoz. zamon g.D.da yuqori t-ralarda gazning oqib chiqishida sodir bo’ladigan hodisalar, Mae, kimyoviy reaktsiyalar (dissosiasiya, yonish, va b. kimyoviy reaktsiyalar) hamda fizikaviy jarayonlar (ionlanishlar, nurlanishlar) ham tekshiriladi. Gazning siqilishi (kichik tezlikda) dinamik meteorologiyada tadqiq qilinadi, elektr va magnit maydonlar mavjudligida elektr o’tkazuvchan gazlarning harakati magnitik gaz dinamikasida o’rganiladi. Gazni tutash muhit deb qarab bo’lmaydigan, gaz molekulalarining o’zaro ta’sirini hamda qattiq jism b-n ta’sirini o’rganish lozim bo’lgan hollarda siyraklangan gazning molekulyar-kinetik nazariyasiga asoslangan siyraklangan gaz dinamikasi qonuniyatlari b-n ish ko’riladi. G.D. siqiladigan gaz oqimlari nazariyasini, zarbiy to’lqinlar naza-riyasini, issiqlik almashinuvi (konvektiv va nurli) nazariyasini ham o’z ichiga oladi. G.D.ning bosh qonunlari mexanika va termodinamika qonunlarining harakatlanayotgan gaz muhitiga tatbiqi asosida yuzaga kelgan. D. Bernulli, nemis olimi B. Riman, ingliz olimi u. Rankin, frantsuz olimi A. Gyuygono, rus olimlari S. A. Chapligin. M. V. Keldish, A. A. Fridman va b. G.D. taraqqiyotiga katta hissa qo’shdilar. Har xil gaz apparatlari, gaz mashinalari va dvigatellari i.ch.da g. D. masalalarini hal qilishning ahami-yati katta. G. D. qonunlari ballistik qurilmalar, kompressor, turbinalar, reaktiv dvigatellar, gaz quvurlari va b.ni hisoblashga tatbiq qilinadi.