GAZ PAYVAND

GAZ PAYVAND, gaz bilan payvandlash — metallarni gaz alangasida suyuqlanish temperaturasigacha qizdirib biriktirish. Yonilg’i sifatida atsetilen, metan, propan, boshqalar ishlatiladi. Gaz payvandda eriydigan chok simi qo’llaniladi. Yupqa po’lat detallar, cho’yan buyumlar, rangli metallar va qotishmalardan iborat birikmalarni payvandlashda keng qo’llaniladi. Quvurlar, temir yo’l relelari va boshqa choklarini payvandlashda gaz-presslash usulidan foydalaniladi. Bunda choklar payvandlash gorelkalari bilan 1-2 minut qizdiriladi, shundan so’ng quvur (yoki rels) ning ulanadigan joylari gidravlik qurilma bilan siqiladi. Shunda quvur (yoki rels) uchlari bir-biri bilan mustahkam birikib qoladi.