GAZ QUVURLI QOZON

GAZ QUVURLI QOZON – qizish sirti quvur (truba)lardan iborat bo’lgan bug’qozoni. Quvurlar ichidan yonuvchi gazlar o’tib, ularni qizdiradi, natijada quvurlarni qamrab turgan suv qaynaydi. O’t quvurli, tutun quvurli va ikkovi birlashtirilgan xillari bor.