Gaz s’yomkasi
Gaz s’yomkasi — 1) gazeimon uglevodorodlarni aniqlashga asoslangan neft va gaz konlarini qidirib to-pish metodi. Neft va gaz uyumlaridan ajralib chiqqan gazeimon uglevodorodlarni ularni qoplab turgan qoplam orqali er yuzasigacha bo’lgan migrasiyasiga asoslangan. Rus geologi V. A. Sokolov taklif qilgan. Er yuzasiga sizib chiqadigan uglevodorodlarning miqdori oz bo’lishiga qaramay ular chuqurlikda neft va gaz uyumlari borligidan darak beradi. G. eda gaz namunasi (tuproq ostidagi havodan) yoki 2-3 m chuqurlikdan tog’jinsidan namuna olinib, so’ngra undan gaz ajratib olinadi. Olingan gaz namunasida metan, etan, propan va b. uglevodorodlar aniq-lanadi. Tahlil natijasida “gaz anomaliyasi”, ya’ni uglevodorodlar kontsentrasiyasining to’plangan joyi aniqlanadi. Tekshirilayotgan maydondagi gaz anomaliyasi shu joyda neft va gaz koni borligining belgisi hisoblanadi. 2) shaxta inshootlarida metanning ajralib chiqishi shiddatini aniqlash metodi. G. s. havodan olingan namunadan metan kontsentrasiyasiii aniqlab va kon inshootidan o’tayotgan havoning miqdorini o’lchash b-n bajariladi. Ko’ndalang va bo’ylama g. s. ma’lum. Bo’ylama G. eda inshoot uzunligi bo’yicha gaz kontsentrasiyasi va debitining o’zgarishi aniqlanadi, ko’ndalang kesimli g. s.da inshootning ko’ndalang kesimi bo’yicha gaz kontsentrasiyasining o’zgarishi kuzatiladi. Qaytadanbajarilgang.s.vaqtbo’yichagazning ajralib chiqishi shiddatini o’lchash imkoniyatini beradi. Bajarilgan ishlar natijasida g. s. xaritasi tuziladi. Xaritada neft va gaz uyumlari to’plangan joylar shartli belgilar b-n ko’rsatiladi. Bu metod neft va gaz qidirish ishlarini ancha tezlashtirishi mumkin.