GAZ TURBINALI DVIGATEL

GAZ TURBINALI DVIGATEL (GTD) — yoqilg’i yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. G. t. D.ni yaratish goyasini birinchi marta 1791 y.da ingliz ixtirochisi J. Barber taklif kilgan. Birinchi G. t. D.ning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892 y.da taklif qilib, 1900 y.da kurgan. Boshqa ixtirochilar uni takomillashtirgan. G. t. D.larning quvvati 100 MVt dan yuqori. Gazning potentsial energiyasi turbine kuraklarida kinetik energiyaga, so’nfa qisman mexanik energiyaga (ishga) aylanadi. G. t. D.ning yonish bosimi o’zgarmas va yonish hajmi o’zgarmas xillari bo’ladi. Yonish bosimi o’zgarmas g. t. D.da yoqilg’i uzluksiz yonadi, yonish hajmi o’zgarmasida davriy yonadi. Birinchi G. t. D. ko’p tarqalgan. Unda kompressorda qisilgan atmosfera havosi yonish kamerasiga keladi va unga yonilg’i beriladi; yonilg’i aralashmasi yonib, havoni qizdiradi, so’ngra gaz turbinasida gazsimon yonish mahsulotlarining energiyasi mexanik ishga aylanadi; bu ishning ko’p qismi kompressorda havoni qisish uchun sarf bo’ladi, qolgan qismi harakatlantirish agregatiga uzatiladi. Agregat iste’mol qiladigan ish g. t. D.ning foydali ishi hisoblanadi. G. t. D.da suyuq yonilg’i va gaz yoqiladi, qattiq yoqilg’i faqat elektr styalariga o’rnatilgan g. t. D. uchun ishlatiladi. Gazning turbinaga kirish oldidagi t-rasi qancha yuqori bo’lsa, g. t. D.ning f. i. k. ham shuncha katta bo’ladi. G. t. D. sanoatda, aviasiyada (q. Reaktiv dvigatel), kema va lokomotivlarda, elektr styalarda, gaz haydash st-yalarida (gaz kompressorlarini yurgizish uchun), neft haydash z-dlarida ishlatiladi.