“G’AZALKENT” AKTSIYADORLIK FIRMASI
“G’AZALKENT” AKTSIYADORLIK FIRMASI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. “O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding” kompaniyasi tarkibida. Asosan, meva va sabzavotlar asosida yuqori sifatli bolalar taomlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tomat pastasi, uzum sharbati, meva bo’tqalari va pektinli ichimliklar, turli konservalar, marinadlangan sabzavotlar ishlab chiqaradi. Zavod qurilishi 1942 yilda evakuatsiya qilingan Grozniy konserva zavodi uskunalari bazasida 1943 yilda boshlangan. 1956-75 yillarda O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati vazirligi, 1975-91 yillarda “O’zmevasabzavotuzumsanoat” agrosanoat uyushmasi tarkibida faoliyat ko’rsatdi. 1991 yildan ijara, 1994 yilda jamoa korxonasiga aylantirildi. 1996 yilda Italiyaning “sasib fud” firmasi bilan hamkorlikda soatiga 3 tonna pomidorni qayta ishlaydigan tomat pastasi liniyasi o’rnatildi va eksportga mahsulot chiqara boshladi. 1998 yildan “bolalar taomlari xolding” kompaniyasining sho”ba korxonasi — ochiq turdagi “G’azalkent” aktsiyadorlik firmasi. 1998 yildan Amerikaning “Teksuna Interneyshnl LTD” firmasi bilan hamkorlikda qiyomli va meva bo’tqali olma, shaftoli, o’rik bo’laklari konservalarini ishlab chiqaradigan, quvvati soatiga 3 tonna bo’lgan yangi tsex ishga tushirildi.