GAZANDADOSHLAR

GAZANDADOSHLAR, qichitqidoshlar (Urticaceae) — ikki urug’ pallali usimliklar sinfiga oid oila. Morfologik tuzilishiga kura tutdoshlar oilasiga yakin turadi. Bir uyli yoki ikki uyli utlar, yarim butalar va butalar, ba’zan, yog’ochli yumshoq, kichik daraxtlardan, kamdan-kam lianalardan iborat. Barglari oddiy, qarama-qarshi yoki ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, 700 ga yaqin turi bor. Gazandadoshlar yer sharining deyarli barcha mintaqalarida, ko’pincha tropik hududlarda tarqalgan. O’zbekistonda 2 turkumga mansub 4 ta yovvoyi va bitta madaniy qorli bemeriya turi usadi. Dorivor va tola beradigan turlari ham bor.