Gazlar
Gazlar (Frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda t-ra va bosim o’zgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda bo’ladi. Mac, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bug’) holatda bo’lishi mumkin. G. molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri b-n tez aralashadi. G. tashqi ta’sir bo’lmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. G. molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoit (273, 15K t-ra va 1,01 105 Pa bosim)da g. zichligi suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta bo’ladi. Shunday bo’lsa ham normal sharoitda 1 sm3 gazda 310″ dona molekula bor. G. uchta kattalik: bosim (r), hajm (V) va t-ra (T) b-n ifodalanadi. Bu kattaliklar ma’lum bo’lsa, gaz holatini aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning o’zgarishi bir-biriga bog’liq. Holatining o’zgarishiga qarab, g. har xil xususiyatli bo’ladi. Mas, kuchli siqilgan gazning fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va t-radagi g. holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi bu tenglamada molekulalarning o’zaro ta’sir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu qonunga bo’ysunuvchan G. ideal g. deyiladi. Tabiatda ideal g. yo’q, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori t-ra va past bosimdagi g.ga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda yuqori va t-ra juda past bo’lgan sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ‘ b) = f RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g — molekulalarning o’zaro ta’siridan paydo bo’lgan ichki bosim, Ь — molekulalarning xususiy hajmi; a — berilgan g. uchun o’zgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga bo’ysunuvchi g. Real g. deyiladi. Normal sharoitda g.da issiqlik o’tkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va b. ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri b-n to’qnashuvi natijasidir Normal sharoitda g. o’zidan elektr toki o’tkazmaydi, lekin bosim va t-raning o’zgarishi b-n g.ning bu xususiyati o’zgaradi. Har qaysi Real gaz o’ziga xos kritik t-ra (tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun tk=374,2°K, shunda suv bug’ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida bo’ladi va h.k. G. ning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot g. aralashmasi yoqilg’ilarni (ichki energiyasi mo’l moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta o’rmon hududlarining o’t olishi va b.) ma’lum darajada planetamizning hoz. energetik holatini ham boshqarib turadi. G.ning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan hayotimizda, xalq xo’jaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda foydalaniladi. G. chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, o’choqlari, kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stantsiyalar, turbinali avtomobillar, Lokomativ turbovozlari, lazerlari va b. taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan g.dan tashqari neftni qayta ishlash, yo’lakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, Butan) g.dan amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash g.i neftning termokrekingi yoki haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil bo’ladi. Neftning tezlik krekingidan hosil bo’ladigan g. tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bog’liq bo’ladi Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida g. tarkibida to’yinmagan g. ham hosil bo’ladi. Bu G. sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki monomerlar sifatida ko’p qo’llaniladi. Respublikamizda Ko’kdumaloq “neft-gazokondensat-gaz” konida yo’lakay g.dan foydalanish tajribadan o’tmoqda. Bu G. tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, g. kondensati — 6-7% va b. G. (N2, CO2, H2S) – 1,2% bo’ladi. G. sanoatda keng ishlatiladi (q. Gaz sanoati). L<E.:Axmedov R. B., Atadjanova. R., Gaz v narodnom xozyaystve O’zbekistana, T., 1974; Baroz V. I., Dobicha neftyanogo gaza, M., 1983. Ahmadjon Alimov.