GAZLI GANGRENA

GAZLI GANGRENA – anaerob (Bacterium perfringens, V. oldematiens, Vifrion Septicus, Hystoleticusap qo’zg’atadigan infektsion kasallik. Ular o’zidan to’qimalar va qon tanachalarini eritib yuboradigan zahar chiqaradi. Chuqur yirtilgan, ezilgan, keng jarohatlarda kuzatiladi. Asosan yumshoq to’qimalarga, ko’proq yog’qatlamiga va muskullarga zarar yetkazadi. Bunda to’qimalar shishib ketadi, iriydi (nekroz), ichida gaz to’planadi, bemorning umumiy ahvoli og’ir bo’ladi. Kasallik og’ir va tez o’tib, ko’pincha o’limga sabab bo’ladi.