GAZSIZLANTIRUVCHI (DEGAZASIYALOVCHI) MODDALAR

GAZSIZLANTIRUVCHI (DEGAZASIYALOVCHI) MODDALAR — zaharlovchi moddalarni kimyoviy usudda zararsizlantirish uchun qo’llaniladigan moddalar. Gazsizlantiruvchi moddalar zaharlovchi moddalar bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib, ularning ta’sirini kamaytiradi yoki butunlay yo’qotadi. Gazsizlantiruvchi moddalar sifatida geksaxlormelamin (C3N6C16), dixloramin (C6h5so2nc12yokich3c6h4so2nc12), xloramin (C6H5SO2NNaCl), kaliy permanganat (Kmp4o4), vodorod peroksid (N2O2), ammiak suvi, kaustik soda, kaltsinasiyalangan soda, xlorli ohak kabi kimyoviy birikmalar ishlatiladi. Zaharlovchi moddalar va bakteriyalar bilan zararlangan suvni tozalash uchun Sa(Syu)2 ni qo’llash mumkin.