Gekatey miletlik

Gekatey miletlik (mil. AV. taxm. 546-480) — yunon geografi, sayyohi, tarixchisi, yozuvchi. Mamlakat- shunoslikka oid dastlabki geografik asarlardan biri — “er tavsifi” (ikki qismdan iborat asar: “Evropa”, shim. Osiyoni ham o’z ichiga olgan va “Osiyo”, bunga Misr va Liviya ham kiritilgan) ning muallifi. Asarga quruqlikning odam yashaydigan qismi tushirilgan xa- Rita ham ilova qilingan. G. M. ushbu xaritasida o’sha vaqtgacha boshqa xari- talarda ko’rsatilmagan uchinchi qit’a — Liviya (Afrika)ni ko’rsatgan. Uning chegarasi Nil daryosi bo’ylab o’tkazilgan. Lekin xarita hozirgacha topilmagan. Biroq Gerodot va b. mualliflarning xarita haqidagi axborotlari va “er tavsifi”ning 300 dan ortiq saqlanib qolgan qismlari yunonlarning geogra- FIK tasavvurlari haqida ma’lumot bera- Di. G. M.ning boshqa asari — “Genealo- giya” (“Nasabnoma”) yunonlarning mif va rivoyatlarini o’z ichiga olgan.