Geksli, Xaksli (Huxley) Tomas Genri

Geksli, Xaksli (Huxley) Tomas Genri (1825.4.5, Iling – 1895.29.6, Ist- Born, Susseks) — ingliz tabiatshunosi. Ch. Darvin safdoshi va ta’li-motining davomchisi. Qirollik konchilik makta- bi prof. (1854-95), London Qirollik jamiyati kotibi (1871-80), Preziden- ti (1883-85). Ilmiy ishlari zoolo- giya, qiyosiy anatomiya, paleontologiya, antropologiya va evolkshion ta’limotga oid. G. meduzalar b-n poliplar o’rtasida bog’liqlik borligini isbotlab ber- Di (1849); hamma umurtqali hayvonlar kalla suyagining tuzilishi umumiyligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi. Su- dralib yuruvchilar b-n qushlar chanog’i va oyoklari tuzilishini qiyosiy anato- mik o’rganish asosida ular urtasida- gi umumiylikni ko’rsatib berdi. Geol. sohasida er po’stining birdaniga kelib chiqqanligi to’g’risidagi eski tushunchani tanqid qildi va gomotaksis, ya’ni bir xildagi fasiyalarning cho’kmaga tushishi g’oyasini ilgari surdi.