Geksozalar

Geksozalar, CjHuO,, — moleku- lasida oltita uglerod atomi bo’lgan mo- nosaxaridlar. Tabiatda keng tarqalgan. O’simlik va hayvon to’qimalarida sof holda hamda polisaxaridlar tarkibi- da uchraydi. Karbonil guruhiga ko’ra G. aldogeksozalar va ketogeksozalarga bo’linadi. Aldogeksozalarga mansub glyukoza, galaktoza va mannoza tabiatda erkin holda yoki glyukozidlar, polisaxa- ridlar hamda fosfor efirlari sifati- da glikoproteidlar, glikolipidlar va b. murakkab birikmalar tarkibiga kiradi. Ketogeksozalardan eng ko’p tarqalgani — fruktoza. G. polisaxarid hamda gli- kozidlarni gidroliz qilish yo’li b-n olinadi. Aldova ketogeksozalardan ba’zilari (alloza, akroza, glyupoza, gal- toza) sintetik yo’l b-n ham olingan. G. neytral va kucheiz kislotali muhitda barqaror. Barcha G. turli qandlar va ularning hosilalarini sintez qilishda asosiy xom ashyodir. Glyukoza oziq-ovqat mahsuloti va doridarmon sifatida hamda spirt sanoatida ishlatiladi.