GEKTAR

GEKTAR (gekto… va ar) — metrik o’lchov tizimida maydon o’lchov birligi; yer sathini, ba’zan suv sathini o’lchashda qo’llaniladi, ga bilan belgilanadi. 1 ga har tomoni 100 metr bo’lgan kvadrat yuzaga teng: 1 ga= 10000 m2=10 ar=0,915 desyatina = 107641 kv. fut = 12 tanob = 0,73 botmon (8 pud).