GELIKOID

GELIKOID (Yunoncha helikos — spiral va eidos — tur) — vintsimon (spiralsimon) sirt turlaridan biri; to’g’ri chiziq qo’zg’almas o’q atrofida doimiy burchak tezligida aylanib, ayni paytda shu o’q bo’ylab doimiy tezlikda ilgarilama harakatlanganda hosil bo’ladi. To’g’ri chiziq qo’zg’almas o’qni to’g’ri burchak ostida kesgan hoddagi Gelikoid to’g’ri Gelikoid deyiladi. Gelikoid barcha nuqtalarida o’rtacha egriligi nolga teng bo’lgan sirtlar (minimal sirtlar) jumlasiga kiradi. Gelikoiddan texnikada keng foydalaniladi.