Geliograf

Geliograf (gelio… va …graf) — 1) meteorologiyada — Quyosh nur sochib turadigan vaktni, ya’ni Quyosh ufq usti- da turgan va uni budut to’smagan vaqtni avtomatik tarzda qayd qiladigan asbob. Ishlash tarzi quyosh nurlarining yo issi- klik, yoki kimyoviy ta’siriga asoslangan. Uzluksiz qayd qilib boradigan akti- nograf ham g. sifatida xizmat qilishi mumkin (k,. Aktinograf); 2) astronomi- yada — Quyoshning fotosuratini olish uchun ishlatiladigan teleskop. Ob’ek- tivi fotografik nurlarda surat olish- ga moslashtirilgan. Quyosh tasvirini kattaroq qilib suratta olish uchun kame- ra g. fokusidan tashqariga o’rnatiladi. Shu maqsadda qo’shimcha optik tizim — okulyar yoki qisqa fokusli fotografik ob’ektiv ishlatiladi. Ayrim spectral chiziqda Quyosh fotosuratini olish uchun spektrogeliograf ishlatiladi; 3) harbiy ishda — 19-20-a.lar boshlarida yoru- Glik nurini qaytaruvchi ko’zgu yordamida Morze alifbosi signallarini uzatuvchi asbob. Bunday G. b-n kunduzi 18-40 km gacha, kechasi 3-8 km gacha signallarni uzatish mumkin bo’lgan.