Geliografik koordinatalar

Geliografik koordinatalar — quyosh sirtidagi ob’ektlar o’rnini belgilaydigan mikdorlar — geliogra- FIK kenglik (f) va geliografik uzunlik (/). (sr) — quyosh sirtidagi aniqpanishi lozim bo’lgan nuqtaga xayolan o’tkazilgan perpendikulyar b-n Quyosh ekvatori tekis- ligi orasidagi burchak. Quyosh ekvatori – ning fazodagi o’rni quyosh sirtidagi ob’- ektlarni kuzatish yo’li b-n aniklanadi. Ob’ektlar ekvator tekisligining eklip- tika tekisligiga og’ish burchagi / va Quyosh ekvatori tugun nuqtasining chiqish bur- chagi o. b-n belgilanadi. Ingliz astro- nomi R. K. Kerrington tomonidan 1854 y. uchun qabul qilingan qiymat: /=7° 15′, Q=73°40/ishlatiladi. G. k.ga tegishli ma’lumotlar maxsus jurnalda yilning istalgan kuni uchun Grinvich vaqti b-n beriladi. Rasmda R — Quyosh aylanish o’qining osmon sferasi proektsiyasi b-n osmon meridiani orasidagi burchak, D — Er — Quyosh yo’nalishida o’tkazilgan perpendikulyar b-n Quyosh o’qi orasidagi burchak (-7°<D< <+7°). Agar Quyoshning Shim. qutbi er tomonga og’gan bo’lsa, D ning qiymati musbat, aks holda manfiy bo’ladi. / ni aniqlashda boshlang’ich me- ridian sifatida 1854 y.ning 1 yanvari Grinvich vaqti b-n 0h00m da Quyosh ekva- tori tugun nuqtasining chiqish burcha- gidan o’tgan meridian qabul qilingan. Uning Quyosh atrofida aylanish davri — 25,38 sutka. Yuqoridagi qiymatlar vositasida istalgan vaqt uchun Markaziy meridiandan Kerrington meridianigacha bo’lgan masofa (1)ni hisoblash mumkin. Amalda Quyosh sirtidagi ob’ektlarning koordinatalarini maxsus to’r vositasi- da tez aniqlash mumkin. Shim. yarim shar- dagi ob’ektlarning geliografik kenglik (f) musbat, Jan. yarim shardagilarniki manfiy bo’ladi. Geliografik uzunlik (I) Quyoshning Markaziy meridianidan G’arb tomonda joylashadi detallarda musbat qiymatga, Sharq tomonda joylashganla- rida esa manfiy qiymatga ega bo’ladi.