GELIOGRAVYURA

GELIOGRAVYURA (gelio… va gra- vyura) — chuqur bosma usullaridan biri. Bosma qolip fotografik va kimyoviy usullar b-n tayyorlanadi. 19-a. 2-yarmida kashf etilgan. Bunda tasvir diapoziti- VI pigment qog’ozga tushiriladi, nusxa- si mis plastinka (rastr)ga ko’chiriladi. Hosil qilingan nusxaga kimyoviy ishlov berib, chuqur bosma elementlari hosil qilinadi. So’nggi yillarda g. o’rniga, ko’pincha, Rakel chuqur bosma usuli qo’llaniladi.