GELIOMETR

GELIOMETR (gelio… va metr) — osmon sferasida kichik (g gacha) bur- chaklarni o’lchash uchun ishlatiladigan astronomik asbob; teleskopning bir turi. Ob’ektivi teng ikkiga bo’lingan bo’lib, ikkala kismi birga turganda yulduz tasviri bitta, vintini burab bir-biridan siljitilsa, tasvir ikkita bo’lib ko’rinadi. Istalgan vaziyatda tur- gan ikki yulduz (S, va T,) orasidagi bur- chakni o’lchash uchun g. ob’ektivini o’z o’qi atrofida aylantirib, uni ikkiga bo’lgan chiziqni ikkala yulduzni birlashtiruvchi chiziq ustiga to’g’ri keltiriladi. Ob’- ektiv qismlarini siljitib T, yulduz tasviri hosil bo’lgan ikkinchi S, tasvir b-n ustma-ust tushiriladi. Siljitish qiymati maxsus shkaladan aniklanadi. Buni va ob’ektivning burilish burcha- gini bilgan holda yulduzlar orasidagi masofa va ularning vazifalari burchagi hisoblab topiladi. G. yordamida yirik yulduzlarning diametrini ham o’lchash mumkin.