GELIOSENTRIK SISTEMA

GELIOSENTRIK SISTEMA -Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi tasavvur; unga ko’ra, Kuyosh Markaziy jism bulib, boshqa sayyoralar, shu jumladan Er ham Quyosh atrofida va o’z o’qi atro- fida aylanib turadi. Bu ta’limotni polyak olimi N. Kopernik yaratdi. Mil. AV. 4-a.da yunon faylasufi Geraklit er shar shaklida, u o’z o’qi atrofida aylana- Di, yulduzlar esa qo’zg’almas, deb aytgan. U Merkuriy va Venera Quyosh atrofida aylanib, Quyosh b-n birga er atrofida harakatlanadi, deb uylagan. Mil. AV. 3-a. da yashagan Samoslik Aristarx yulduzlar joylashgan sfera va Quyosh qo’zg’almaydi, Er esa markazida Quyosh joylashgan ayla- na bo’ylab harakatlanadi, degan fikrni aytgan. Abu Rayhon Beruniy “al-qonun almas’udiy”asarida Aristarx ta’limo – tiga murojaat qilib, erning harakati haqida yozgan edi. Ammo bu fikrlar ri- vojlanmadi va to 16-a.gacha Ptolemeynnsh geosentrik sistema haqidagi ta’limoti hukmron bo’lib keldi. N. Kopernik “OS- mon sferalarining aylanishi” asarida (1543) er harakati to’g’risidagi g’oyani ma- tematik usulda isbotlab berdi. G. s. ta’- limotiga ko’ra: 1) olamning markazida er emas, balki Quyosh turadi; 2)er va b. shar- Simon sayyoralar Quyosh atrofida faqat bir yo’nalishda harakatlanadi hamda bi- ror diametr atrofida aylanadi; 3) sayyo- ralarning Quyosh atrofidagi yo’li (orbi- tasi) aylanadan iborat; 4) sayyoralar bir xil tezlikda tekis harakat qiladi. Bun- dan tashqari, Kopernik oy er atrofida aylanadi va er b-n birga Kuyosh atrofida harakatlanadi, deb hisoblaydi. Koper- nik osmon yoritqichlarining sutkalik ko’rinma harakati erning o’z o’qi atrofi- da aylanishi natijasida, Quyoshning yil- lik ko’rinma harakati esa erning Quyosh atrofida yillik aylanishi natijasida sodir bo’lishini tushuntirdi. Nemis astronomi I. Kepler N. Kopernik ta’li- motini rivojlantirib, sayyoralarning harakat qonunlarini ochdi. G. s. geosen- trik sistema tarafdorlariga qaqshatqich zarba berdi. J. Bruno, G. Galiley G. s. g’oyasining taraqqiyotiga katta hissa qo’shishdi. 1677 y.da I. Nyuton o’zining butun olam tortishish qonunini kashf etdi va bu b-n sayyoralarning Kuyosh atro- fida harakat qilish sabablarini ochib berdi. 1957 y. 4 okt.da boshlangan kosmik era, ya’ni er suniy yo’ldoshlarining uchirilishi, kosmik raketalarning oy va sayyoralarga parvozi g. s. g’oyasining to’g’ri ekanligini isbotladi. G. s. tabiat- shunoslikning rivojlanishida olamshu- mul o’rin tutdi.